Buxoro viloyatida joylashgan madaniy meros obyektlari va diqqatga sazovor maskanlarda mobil aloqa hamda internet xizmatlari qamrovi holatini o‘rganish maqsadida maxsus o‘lchov va monitoring ishlari amalga oshirildi. Tadbir davomida sayyohlar va mahalliy aholiga sifatli aloqa xizmatlarini taqdim etish darajasi baholanib, mavjud qamrov holati tahlil qilindi.
O‘rganish ishlari viloyatning tarixiy-me’moriy yodgorliklari, turizm obyektlari hamda tashrif buyuruvchilar soni yuqori bo‘lgan hududlarda olib borildi. Mutaxassislar tomonidan mobil aloqa operatorlari tarmoqlarining signal darajasi maxsus texnik vositalar yordamida o‘lchandi.
Monitoring natijalariga ko‘ra, viloyatning asosiy turistik va madaniy meros obyektlarida mobil aloqa xizmatlari barqaror ishlayotgani hamda mobil internetdan foydalanish imkoniyatlari mavjudligi aniqlandi.
Mazkur tadbir viloyatga tashrif buyurayotgan mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qulay axborot-kommunikatsiya muhitini yaratish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish va raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Mobil aloqa va internet qamrovining muntazam monitoring qilinishi esa kelgusida xizmatlar sifatini yanada oshirish va foydalanuvchilar ehtiyojlarini to‘liq qondirish imkonini beradi.
Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R. Odilov


