Joriy yilning 29-sentyabr kuni Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida huquq-tartibot organlari xodimlarining ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuv Namangan viloyat, prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i mayor Sherzodbek Nishonov hamda Namangan shahar Adliya boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Raxmonovlar tomonidan zamonaviy interfaol yondashuvlar asosida olib borildi.
Uchrashuv davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning milliy va xalqaro huquqiy asoslari, korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlari, ishchi xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, jamiyatda “halollik vaksinasi”ni joriy etish, korrupsiyaviy jinoyatlar uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash, komplaens nazoratning mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.
Motivatsion xususiyatga ega bunday uchrashuvlar xodimlarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, sodir etilishi mumkin bo‘lgan korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi, shubhasiz.
Tadbir yakunida ochiq savol-javoblar tashkil etilib, xodimlar tomonidan ushbu illatning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan taklif va fikrlar tinglandi.
Tayyorladi:
Namangan viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi F.A.Jurinov




