Joriy yilning 2-dekabr kuni Xorazm viloyati EMMX xodimlari uchun o‘quv soati o‘tkazildi. O‘quv soati davomida “Axborot xavfsizligi asoslari va tarmoq xavfsizligi tadbirini ta’minlash” to‘g‘risida Xorazm viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi I.Yaqubov hamda “Davlat tili” to‘g‘risida Xorazm viloyati EMMX muhandisi I.Ollaberganovlar tomonidan mavzularga doir ma’ruzalar va slaydlar yordamida amaliy o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
O‘quv soati davomida barcha xodimlarning mavzularga doir qiziqish va savollari muhokama qilinib, bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi U.Xamrayev