Andijon viloyati EMMX xodimi hamda Andijon viloyati IIB xodimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son bilan ro‘yxatga olingan qaroriga muvofiq “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” viloyatdagi vakolatli organlar bilan o‘zaro hamkorlikda 2026-yilda o‘tkaziladigan chora-tadbirlar rejasiga asosan radioelektron vositalardan noqonuniy ravishda foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida joriy yilning 25-may kuni Andijon viloyati Jalaquduq tumani hududida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan monitoring tadbirlari jarayonida Jalaquduq tumani, Olmazor MFY, Niyat ko‘chasida yashovchi fuqaro T.J. “Andijon tabaka” kafesida radioelektron vositalaridan ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi.

Jalaquduq tumani IIB boshqarmasi xodimi tomonidan radioelektron vositalar qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yildi va texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim qilindi.
Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi va texnik ekspertiza xulosalari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib berildi.
Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi E.R.Abduvaliyev