2026-yil 4-fevral kuni Andijon viloyati EMMXda xizmat xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Kadirov ochib berdi.
Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati boshlig‘i lavozimiga Nurmatov Normuhammad Salimjonovich nomzodi “EMMM” DUK rahbariyati tomonidan ma’qullanib, ushbu lavozimga tayinlangani to‘g‘risidagi buyruqni Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlariga tanishtirildi. Shuningdek, yangi rahbarning mehnat faoliyati, rahbarlik tajribasi va kasbiy salohiyati haqida ma’lumotlar berildi.

Yig‘ilish davomida xodimlar bilan fikr-mulohazalar almashilib, bildirilgan takliflar tinglandi.
Shu bilan birga, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar, sohada joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar, jamoa ruhini mustahkamlash, xodimlar tashabbusini qo‘llab-quvvatlash hamda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida A.Kadirov yangi rahbar N.Nurmatovga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
O‘z navbatida, N. Nurmatov jamoa tomonidan bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirib, yuklatilgan vazifalarni samarali va mas’uliyat bilan amalga oshirishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX tarmoq muhandisi U.B. Shodmonov