"EMMM" DUK yangiliklari

Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida “Davlat tili – milliy o‘zlik va taraqqiyot asosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, xodimlar orasida davlat tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida korxonamizda “Davlat tili – milliy o‘zlik va taraqqiyot asosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

photo2026-02-0215-12-14.jpg

Tadbir davomida davlat tilida ish yuritish, rasmiy hujjatlarni savodxonlik bilan tayyorlash, nutq madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan tilga e’tibor – millatga e’tibor ekani alohida ta’kidlandi.

Davra suhbati yakunida davlat tilini kundalik ish jarayonida keng qo‘llash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

 

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi Q.X.Atadjanov

Faylni tanlang