Vatanni himoya qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash yurtimizning har bir fuqarosining burchidir. Joriy yilda ham O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilganligiga 33-yil to‘lishi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar tashkil etilmoqda.
Sirdaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida ham Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ma’naviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda hukumatimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasining davlat manfaatlarini himoya qilish uchun yetarli bo‘lgan Qurolli Kuchlarini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Ishonch bilan aytish mumkinki, bugungi kunda harbiy xizmat nafaqat konstitutsiyaviy, balki yosh avlodning har bir aʼzosi uchun sharafli burchga, milliy armiyamiz esa sadoqat, qatʼiyat va jasoratni tarbiyalash maktabiga aylandi.
Fursatdan foydalanib, Vatanimizning barcha jasur va sadoqatli himoyachilarini milliy bayram bilan tabriklab ularga tinchlik, farovonlik va barcha ezgu ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Sirdaryo viloyati EMMX 2-toifali muhandisi O.Ostonaqulov