
Til millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Tilda ana shu tilning ijodkori boʻlgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. 1989-yil 1‑dekabr — Qoraqalpogʻiston tarixidagi muhim sanalardan biridir. Ana shu kuni Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan.
Har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasida bu sana keng nishonlanib kelinadi.
Joriy yilning 1-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida bayram munosabati bilan tadbir tashkil qilindi. Tadbirda xizmat boshlig‘i I.Reimov “1-dekabr – Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” mavzusida ma’ruza qildi.
Tadbir davomida qoraqalpoq tilining tarixi, uning boy leksikasi, betakror ohangdorligi, boshqa tillardan o‘zgachaligi va o‘xshashligi haqida aytib o‘tdi.
1-dekabr — Qoraqalpoq tili bayrami nafaqat tilni, balki xalqning tarixini, madaniyatini va milliy g‘ururini ulug‘laydigan muhim sana. Bu bayram har bir kishiga o‘z ona tilini sevish, e’zozlash va uni kelajak avlodlarga to‘liq yetkazish mas’uliyatini eslatadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX
1-darajali radiooperatori Shimbergenov A.A.